PAST BOSIMLI MIKROGIDROELEKTR STANSIYALAR UCHUN GORIZONTAL O‘QLI REAKTIV GIDROTURBINALARNING SAMARADORLIK TAHLILI
Keywords:
Past bosimli mikrogidroelektr stansiyalar, Gorizontal o‘qli reaktiv gidroturbina, Samaradorlik tahlili, Gidravlik yo‘qotishlar, MATLAB modellashtirish, CFD simulyatsiya, Energetik samaradorlik, Ekologik barqarorlik.Abstract
Global energiya muammolari va ekologik barqarorlik talablarini inobatga olgan holda, past bosimli mikrogidroelektr stansiyalar gidroenergetika sohasida muhim alternativ yechimlardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada gorizontal o‘qli reaktiv gidroturbinalarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida turbinaning gidravlik yo‘qotishlarini minimallashtirish va energetik ko‘rsatkichlarini oshirish uchun zamonaviy hisobiy va analitik usullar qo‘llanilgan. MATLAB dasturiy muhitida modellashtirish orqali turbinaning optimal ishlash sharoitlari aniqlangan hamda CFD (Hisobiy suyuqlik dinamikasi) asosida oqim xususiyatlari batafsil tahlil qilingan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, samarali gidroturbina dizayni gidravlik yo‘qotishlarni kamaytirish orqali energiya ishlab chiqarish jarayonini yaxshilaydi va ekologik jihatdan barqaror energiya manbai sifatida foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ushbu tadqiqot gidroenergetika sohasida past bosimli oqimlarda ishlashga mo‘ljallangan gidroturbinalarni loyihalash va optimallashtirish bo‘yicha ilmiy asos yaratadi.
References
1. Zokmirjon o‘g‘li, M. B., & Alisher o‘g‘li, A. O. (2023). BIOTECH DRIVES THE WATER PURIFICATION INDUSTRY TOWARDS A CIRCULAR ECONOMY. Open Access Repository, 4(03), 125-129. https://www.oarepo.org/index.php/oa/article/download/2513/2488
2. Safarov, I. (2023). AUTOMATION OF CLEAN DRINKING WATER SUPPLY PROCESSES IN AGRICULTURE SYSTEMS. Экономика и социум, (11 (114)-2), 390-393. https://cyberleninka.ru/article/n/automation-of-clean-drinking-water-supply-processes-in-agriculture-systems
3. Safarov, I. O. X. (2023). QISHLOQ XO ‘JALIGIDA TOZA ICHIMLIK SUV TA’MINOTI JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH. Educational Research in Universal Sciences, 2(3), 553-557. http://erus.uz/index.php/er/article/download/2407/3103
4. Agzamovich, I. M., & Zokirjon o’g’li, M. B. (2024). Main Factors Affecting Microorganisms in the Water Treatment Process. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 37, 98-105. https://sjii.es/index.php/journal/article/view/125
5. Маннобжонов, Б. (2024). ОСНОВНЫЕ ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА МИКРООРГАНИЗМЫ В ПРОЦЕССЕ ВОДООЧИСТКИ. Экономика и социум, (10-2 (125)), 754-766. https://cyberleninka.ru/article/n/osnovnye-faktory-vliyayuschie-na-mikroorganizmy-v-protsesse-vodoochistki
6. Axmedov D., Azimov A. DEMFERLARNING QUYOSH ENERGASI TIZIMLARINING INVERTERLARIDA QO'LLANISHI // Ekonomi i sotsium. 2022. №6-2 (97). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/application-of-dempers-in-inverters-of-solar-power-systems (ma'lumotlar manzili: 22.11.2023).





