O‘zbekistonda keng tarqalgan dorivor o‘simliklardan biri — anzur piyozi (Allium altissimum Regel) organizm uchun foydali biologik faol moddalar manbai hisoblanadi. Uning tarkibidagi efir moylarini o‘rganish, xususan GXMS (gazo-xromato-mass-spektrometriya) usuli orqali tahlil qilish, zamonaviy fitokimyo va farmatsiya sohalarida muhim ahamiyatga ega. Maqolada yovvoyi piyoz turlaridan biri bo‘lgan Anzur piyozi (Allium giganteum) tarkibidan ajratib olingan efir moyining biologik faolligi va tibbiyotdagi qo‘llanilish imkoniyatlari tahlil qilingan. Fitokomponentlar, xususan, efir moylari antibakterial, antifungal, antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega bo‘lib, ular an’anaviy hamda zamonaviy tibbiyotda muhim ahamiyatga ega.
##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##