Yuqumli kasalliklar tibbiyotning dolzarb muammolaridan biridir. BJSST maʼlumotlariga koʼra dunyoda har yili meningokokkli meningit bilan og‘rgan 300 ming xolat qayd etilsa, shundan 30 ming nafari oʼlim bilan tugaydi. O‘zbekiston Respublikasida kompleks profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning maqsadli amalga oshirilishi natijasida yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda katta yutuqlarga erishildi. 1991 yildan boshlab qator yuqumli kasalliklar bilan kasallanish koʼrsatkichlarining izchil kamayib borishi kuzatilmoqda, shu jumladan «А» virusli gepatit bilan kasallanish 4,5 baravar, oʼtkir ichak infektsiyalari bilan kasallanish 4,6 baravar, oʼtkir respirator kasalliklar bilan kasallanish 7,9 baravar kamaydi.Bu asosan sohada kuchli qonunchilik yaratilganligidan dalolat beradi,xususan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining”O‘zbekiston respublikasida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarori.
Yuqumli kasalliklar (infektsion kasalliklar) - bu mikroorganizmlar, bakteriyalar, viruslar, zamburugʼlar yoki parazitlar tomonidan kelib chiqadigan kasalliklardir. Ushbu mikroorganizmlar inson tanasiga kirib, unda koʼpayib, turli simptomlar va asoratlarni keltirib chiqaradi. Yuqumli kasalliklar odamdan odamga, hayvonlardan odamga, oziq-ovqat, suv yoki havo orqali yuqishi mumkin. Yuqumli kasalliklarning belgilari kasallik turi va sababi boʼyicha farq qiladi. Umumiy simptomlarga quyidagilar kiradi:isitma,yalligʼlanish, ogʼriq, yoʼtal, tomoq ogʼrigʼi,charchoq, bosh ogʼrigʼi, teri toshmalari yoki yaralar. Yuqumli kasalliklarni aniqlash usullari kasallikning turi, simptomlari va uni keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarga bogʼliq. Oʼzbekistonda 2024-yil yanvar–sentyabr oylarida yuqumli va parazitar kasalliklardan vafot yetganlar soni 1,2 foizi tashkil etdi.