Bugungi kunda pnevmoniya insoniyatning eng dolzarb kasalliklaridan biri bo'lib qolmoqda va o'lim ko`rsatkichi bo`yicha 4-o'rinni egallab turibdi. Pnevmoniyaning uchrashi yoshga, jinsga va yo`ldosh kasalliklarga bog'liq. Pnevmoniyalar orasida eng keng tarqalgani bu shifoxonadan tashqari pnevmoniya bo`lib, uning kelib chiqishida asosiy omillardan biri – bakteriyalardir. Shu sababdan pnevmoniyalarni davolashda antibakterial preparatlar muhim o’rinni egallaydi. O’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar, metanalzlar, farmakoepidemiologik tekshiruvlar natijalari va ular asosida ishlab chiqilgan protokollar va ko’rsatmalar ushbu muammoni hal
etishda yordam beradi.
You may also start an advanced similarity search for this article.