O‘zbekiston Respublikasi Endokrinologiya ilmiy-tadqiqot institutida o‘tkazilgan tadqiqotlarda qandli diabet bilan kasallanish holatlari 1,88-1,90% oralig‘ida aniqlangan bo‘lsa, hozirgi tadqiqotlarda O‘zbekistonda qandli diabetning yashirin va ochiq shakllariga chalinganlarni hisobga olgan holda bu ko‘rsatkich 10 foizga ortgan. Qandli diabet etiologik jihatdan geterogen bo‘lgan metabolik kasalliklar guruhiga kirib, sekresiyasi yoki insulin ta’sirining buzilishi yoki bu kasalliklarning kombinatsiyasi tufayli surunkali giperglikemiya bilan tavsiflanadi. So‘nggi o‘n yilliklarda qandli diabet 1-toifaning tarqalishi, bolalarda qandli diabetning 35,7 foizga (100 ming bolalar aholisiga 59,4 dan 80,6 gacha), o‘smirlarda 68,9 foizga (100 ming o‘smirga 108,5 dan 183,5 gacha) o‘sgan.