ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA TEXNIK SUVLARNI TOZALASH VA QAYTA ISHLASH MEXATRON MODULNI LOYIHALASH
Keywords:
Texnik suv, mexatronika, tozalash tizimi, avtomatlashtirilgan boshqaruv, sanoat korxonasi, qayta ishlash, ekologik xavfsizlikAbstract
Ushbu maqolada ishlab chiqarish korxonalarida texnik suvlarni tozalash va qayta ishlatish imkonini beruvchi zamonaviy mexatron modulni loyihalash bo‘yicha fikrlar bayon etilgan. Bugungi kunda sanoat tarmoqlarida texnik suvdan foydalanish ko‘lami ortib borayotgan bir paytda, uni takroriy ishlatish orqali suv resurslarini tejash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Taklif etilayotgan qurilma texnik suv tarkibidagi yirik va mayda ifloslantiruvchi moddalardan bosqichma-bosqich tozalashni ta’minlaydi va suvni qayta ishlash uchun yaroqli holatga keltiradi.
Ushbu modulning tarkibiy qismlariga filtrlash bosqichlari, nasos tizimi, avtomatlashtirilgan datchiklar, boshqaruv bloki va nazorat modullari kiradi. Qurilma ish faoliyati avtomatik tarzda boshqariladi va real vaqt rejimida monitoring olib boriladi. Ushbu tizim sanoat korxonalarida ekologik xavfsizlikni ta’minlash, xarajatlarni kamaytirish, barqaror ishlab chiqarish tamoyillarini joriy etish hamda suvdan foydalanish samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
References
1. X. I. Tursunov, “Suv resurslarini tozalash va qayta ishlash texnologiyalari”, Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2020. – 212 b.
2. A. R. Jo‘rayev, “Sanoat chiqindi suvlarini tozalash usullari va ularning ekologik samaradorligi”, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish jurnali, №2, 2021. – B. 45–50.
3. D. I. Karimova, “Membranali filtrlash texnologiyasining suvni tozalashdagi o‘rni”, O‘zbekiston fanlar akademiyasi axborotnomasi, 2022, №1. – B. 55–60.
4. M. Sh. Qodirov, “Teskari osmos usulida chiqindi suvlarni tozalash samaradorligi”, Toshkent: TDTU, magistrlik dissertatsiyasi, 2021. – 78 b.
5. B. R. Yusupov, “Sanoat chiqindilarini kamaytirishda avtomatlashtirilgan suv tozalash tizimlari”, Muhandislik va texnologiyalar jurnali, №3, 2020. – B. 33–39.
6. S. T. Abdullayeva, “Sanoat korxonalarida texnik suvlarni qayta ishlashda zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi”, Texnik fanlar va innovatsiyalar jurnali, №1, 2023. – B. 21–27.





