Перейти к главному меню навигации Перейти к основному контенту Перейти к нижнему колонтитулу сайта

Articles

Том 1 № 10 (2025): QUYMAKORLIK VA METALLARGA ISHLOV BERISH SOHASIDA ENERGIYA VA RESURSLARNI TEJASHGA YOʻNALTIRILGAN INNOVATSIYALAR

SHTAMPLASHNING MAXSUS USULLARI VA ULARNING AN’ANAVIY USULLARDAN FARQI

  • Xasanov K.A
  • Normengliev U.A
  • Botirova Sh.B
  • Abdumutalova Z.A
  • Ismatov S.P
Прислана
июнь 10, 2025
Опубликован
2025-06-10

Аннотация

Zamonaviy sanoatning barcha tarmoqlarida metall buyumlarni aniqlik bilan, yuqori unumdorlikda hamda minimal chiqindilar bilan ishlab chiqarish zaruriyati ortib bormoqda. Metallga ishlov berish texnologiyalari orasida shtamplash alohida o‘rin tutadi, chunki bu 
jarayon yordamida qisqa vaqt ichida katta hajmdagi mahsulotlar olinadi. An’anaviy shtamplash usullari, asosan mexanik yoki gidravlik presslarda amalga oshiriladi hamda ular issiq, sovuq yoki yarim issiq deformatsiya jarayonlariga bo‘linadi. Biroq yangi avlod materiallari, murakkab shaklli detallar, energiya samaradorligi va ishlab chiqarish moslashuvchanligiga qo‘yilayotgan talablar shtamplashning maxsus usullarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.