Zamonaviy sanoatning barcha tarmoqlarida metall buyumlarni aniqlik bilan, yuqori unumdorlikda hamda minimal chiqindilar bilan ishlab chiqarish zaruriyati ortib bormoqda. Metallga ishlov berish texnologiyalari orasida shtamplash alohida o‘rin tutadi, chunki bu
jarayon yordamida qisqa vaqt ichida katta hajmdagi mahsulotlar olinadi. An’anaviy shtamplash usullari, asosan mexanik yoki gidravlik presslarda amalga oshiriladi hamda ular issiq, sovuq yoki yarim issiq deformatsiya jarayonlariga bo‘linadi. Biroq yangi avlod materiallari, murakkab shaklli detallar, energiya samaradorligi va ishlab chiqarish moslashuvchanligiga qo‘yilayotgan talablar shtamplashning maxsus usullarini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.