Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asaridagi ayollar obrazi tahlil qilingan.Tadqiqotning asosiy maqsadi asardagi ayollarning o‘sha davrdagi fikrlashi, dunyoqarashi, urf-odatlari qay darajada ekanligini o‘rganishdir.Metodologiya sifatida komparativ va kontekstual tahlil usullari qo‘llanilib, asardagi ayollar timsoli va urf-odatlarning tasvirlanishi o‘rganilgan.Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Abdulla Qodiriyning mazkur asari ayollarning jamiyatdagi o‘rnini realistik uslubda aks ettirgan.Ushbu maqola adabiyotshunoslik sohasida Abdulla Qodiriy asarlarini ijtimoiy konteksda o‘rganishning yangicha uslublarini ochib beradi.
##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##