Ushbu maqolada Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanida milliy tarovatning badiiy talqini yoritiladi. Asarda o‘zbek xalqining qadriyatlari, urf-odatlari, oilaviy hayoti, mehnat tarzi, an’ana va marosimlari keng tasvirlangan. Shuningdek, romanda ota-ona, farzand, kelin, kundosh kabi ijtimoiy obrazlarning vazifalari, o‘zaro munosabatlari va jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Asarda milliy mentalitet, axloqiy mezonlar, insoniylik fazilatlari, sharqona odob-axloq me’yorlari yorqin badiiy tasvirlar orqali ifodalangan. Otabek va Kumushning sevgi qissasi esa hayot haqiqatlari bilan uzviy bog‘liq holda yoritilib, asarning g‘oyaviy mazmunini yanada chuqurlashtiradi.
You may also start an advanced similarity search for this article.