Перейти к главному меню навигации Перейти к основному контенту Перейти к нижнему колонтитулу сайта

Articles

Том 1 № 11 (2025): "FUNDAMENTAL FANLARNING ZAMONAVIY TIBBIYOT RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANINING MATERIALLAR TOʻPLAMI 2025-YIL 25-26-aprel

KARBON MONOKSID (CO) NING INSON FIZIOLOGIYASIGA VA SALOMATLIGIGA BO‘LGAN TOKSIKOLOGIK TA’SIRI

  • Turdiyev To’ymurod O’tkir o’g’li
Прислана
июнь 18, 2025
Опубликован
2025-06-18

Аннотация

Karbon monoksid (CO) inson organizmiga turli yo‘llar orqali kirib, fiziologik tizimlarga sezilarli darajada toksik ta’sir ko‘rsatadi. Nafas yo‘li orqali organizmga tushgan CO gemoglobinga yuqori affinitet bilan birikib, oksigen tashilishini cheklaydi, bu esa gipoksemiya va keyinchalik to‘qimalar darajasida gipoksiyaga olib keladi. Ushbu maqolada karbon monoksidning biologik tizimlarga, xususan, yurak-qon tomir, markaziy nerv tizimi hamda nafas olish tizimiga bo‘lgan ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, CO toksikligining patofiziologik mexanizmlari, uning surunkali ta’siri natijasida yuzaga keladigan kasalliklar — yurak ishemik kasalliklari, nevrologik disfunktsiyalar va boshqa sistemik buzilishlar keng muhokama qilinadi. Maqolada, shuningdek, karbon monoksidning organizmga kirishini oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar hamda mavjud detoksikatsiya va davolash usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot CO ta’sirining inson salomatligi uchun xavflilik darajasini aniqlash va uning oldini olishning dolzarbligini asoslab beradi.