Karbon monoksid (CO) inson organizmiga turli yo‘llar orqali kirib, fiziologik tizimlarga sezilarli darajada toksik ta’sir ko‘rsatadi. Nafas yo‘li orqali organizmga tushgan CO gemoglobinga yuqori affinitet bilan birikib, oksigen tashilishini cheklaydi, bu esa gipoksemiya va keyinchalik to‘qimalar darajasida gipoksiyaga olib keladi. Ushbu maqolada karbon monoksidning biologik tizimlarga, xususan, yurak-qon tomir, markaziy nerv tizimi hamda nafas olish tizimiga bo‘lgan ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, CO toksikligining patofiziologik mexanizmlari, uning surunkali ta’siri natijasida yuzaga keladigan kasalliklar — yurak ishemik kasalliklari, nevrologik disfunktsiyalar va boshqa sistemik buzilishlar keng muhokama qilinadi. Maqolada, shuningdek, karbon monoksidning organizmga kirishini oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar hamda mavjud detoksikatsiya va davolash usullari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot CO ta’sirining inson salomatligi uchun xavflilik darajasini aniqlash va uning oldini olishning dolzarbligini asoslab beradi.