Har bir xalqning o‘ziga xos qadriyatlari, madaniy merosi va milliy o‘zligini belgilovchi asosiy unsurlari mavjud. Bu unsurlarning eng muhimlaridan biri shubhasiz tildir. Til – insoniyat tarixida jamiyatning shakllanishi, madaniyat va ilm-fanning rivojlanishi, tafakkurning boyishi hamda avlodlar o‘rtasida bog‘liqlikni ta’minlashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan vositadir. Ayniqsa, tilning sofligi, ya’ni uning shiradorligi, ohangdorligi va nafisligi millatning madaniy boyligini yanada yuksaltiradi.
##plugins.generic.recommendBySimilarity.advancedSearchIntro##