Mazkur maqolada tilshunoslik sohasida faoliyat yuritgan mashhur olimlarning tilshunoslikka oid nazariyalari tahlil qilinadi. Avvalo,
tilshunoslik nazariyalarining rivojlanish tarixiga qisqacha nazar tashlanadi. Maqolada Ferdinand de Sossyur, Noam Chomskiy, jadidshunos olimlar va boshqa bir qator olimlarning tilni tahlil qilishda olib borgan yondashuvlari va konseptual strukturalari o‘rganiladi. Har bir olimning tilshunoslikka qo‘shgan hissasi, ularning asosiy nazariy fikr va tushunchalari, masalan, Sossyurning strukturalizm ta’limoti, Chomskiyning generativ grammatika nazariyasi kabi masalalar muhokama qilinadi. Maqola, shuningdek, bu nazariyalar orasidagi farqlarni va umumiy jihatlarni ham yoritadi, tilshunoslik sohasining zamonaviy ko‘rinish va tendensiyalarini ko‘rsatib beradi. Ushbu maqola tilshunoslik fanining asosiy yo‘nalishlari va ularning rivojlanishini chuqurroq tushunishga qiziqqanlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
You may also start an advanced similarity search for this article.