Mazkur maqolada talabalarning ruhiy salomatligi, bu holatning talaba hayoti va akademik faoliyatiga ta'siri tahlil qilinadi. Ruhiy salomatlikni yomonlashtiruvchi omillar, shu jumladan stress, depressiya, xavotir va boshqa psixologik holatlar, talabalar orasida keng tarqalgan. Talabalarning akademik samaradorligi va ijtimoiy munosabatlaridagi qiyinchiliklar, ruhiy salomatlikni ta'minlashga oid ijtimoiy va psixologik muammolarni kuchaytiradi. Ushbu maqola talabalarda ruhiy salomatlikni yaxshilash uchun zarur bo'lgan psixologik yordam, stressni boshqarish metodlari va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimlari haqida batafsil ma'lumot beradi.
You may also start an advanced similarity search for this article.