Ushbu maqolada muhandis talabalar uchun web simulyator yaratish jarayoni, uning afzalliklari va ta’limdagi ahamiyati muhokama qilingan. Simulyatorlar, talabalarni amaliy ko’nikmalar bilan tanishtirgan holda, o‘qitish jarayonini interaktiv va qiziqarli qiladi. Ushbu maqolada simulyatorni yaratish uchun kerakli bosqichlar, texnologiyalar va dizayn tamoyillari keltirilgan. Talabalar o‘z bilimlarini amaliy ko‘nikmalarga aylantirib, kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun tayyorlanishlari mumkin. Mazkur texnologiya muhandislik ta’limi uchun maxsus ishlab chiqilgan o‘quv resurslarini o‘rganishda yordam beradi.