Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2022-yil 23-dekabrdagi “Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi kelishuvlarning amalga oshirilishini jadallashtirish va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” AF-82-sonli Farmoyishi qarorining 2-ilovasi, 22-bandida Oʻzbekistonlik talabalar va tibbiyot xodimlari uchun Fransiyada magistratura va malaka oshirish dasturini yaratish, Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari bilan qoʻshma boshlangʻich oʻquv dasturlarini yaratish boʻyicha berilgan topshiriq ijrosini bajarish borasida nevrologlar, psixonevrologlar, tibbiy psixologlar va reabilitologlar Fransiya Oliy Psixomotor reabilitatsiya institutida (ISRP) ikki
marotaba malaka oshirib qaytishdi. Bugungi kunda davolash-profilaktika muassasalari uchun psixomotor terapevtlarni tayyorlash masalasi ko`rib chiqilmoqda [1, 2]. Ushbu kadrlar Fransiyaning ISRP instituti va keyinchalik
Oʻzbekiston tibbiyot OTM larida tayyorlanishi mumkin.
You may also start an advanced similarity search for this article.