Skip to main navigation menu Skip to main content Skip to site footer

Articles

Vol. 1 No. 11 (2025): "FUNDAMENTAL FANLARNING ZAMONAVIY TIBBIYOT RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANINING MATERIALLAR TOʻPLAMI 2025-YIL 25-26-aprel

OSHQOZON SARATONIDA QO‘LLANILADIGAN DORI VOSITALARNING FARMAKOIQTISODIY TAHLILI

  • Sattarova Dilrabo Numon qizi
Submitted
June 14, 2025
Published
2025-06-14

Abstract

Oshqozon saratoni — bu oshqozon ichki qavatidagi hujayralarning nazoratsiz ko‘payishi natijasida hosil bo‘ladigan, yomon sifatli o‘sma bilan tavsiflanadigan xavfli onkologik kasallikdir. Kasallik, odatda, oshqozon shilliq qavatidan boshlanadi va vaqt o‘tishi bilan atrof to‘qimalar, limfa tugunlari hamda uzoqdagi a’zolarga — jigar, o‘pka yoki me’da osti beziga — metastaz berishi mumkin. Ushbu kasallikni davolash murakkab bo‘lib, kompleks yondashuvni talab qiladi. Ayniqsa, kimyoterapiya, maqsadli terapiya va immunoterapiya vositalari keng qo‘llaniladi. Shu bois, oshqozon saratonini davolashda ishlatiladigan dori vositalarining farmakoiqtisodiy jihatdan samaradorligini tahlil qilish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqot davomida dori vositalarining narxi, klinik samaradorligi, nojo‘ya ta’sirlari, umumiy davolash xarajatlari, shuningdek, iqtisodiy jihatdan eng maqbul davolash strategiyalarining aniqlanishi ko‘zda tutiladi.