BANKLARNING KREDIT MAHSULOTLARI VA ULARNI SHAKLLANTIRISH,SILJITISHNI RIVOJLANTIRISHDA MARKETING TADQIQOTLARINING O’RNI
Abstract
Banklarda ijtimoiy-axloqiy marketing konsepsiyasining dolzarbligi bugungi kunda tobora ortib bormoqda. Raqobat kuchaygan, iqtisodiy inqirozlar va global moliyaviy o'zgarishlar sharoitida tijorat banklari o'zlarining ijtimoiy mas'uliyatlarini hisobga olishlari va ijtimoiy manfaatlarga yo'naltirilgan marketing strategiyalarini amalga oshirishlari zarur. Bu konsepsiya nafaqat banklarning daromadlarini oshirishni, balki jamiyatda barqaror rivojlanishni ta'minlashni ham maqsad qilgan. Banklar nafaqat moliyaviy resurslarni taqdim etish, balki ijtimoiy manfaatlar va aholi farovonligini oshirish yo‘lida ham faoliyat yuritishlari kerak.Ijtimoiy-axloqiy marketing
konsepsiyasi jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda banklarning faoliyatini tartibga soluvchi, ijtimoiy mas'uliyatni va ahamiyatni ta'kidlaydigan yondashuvdir. Bu konsepsiyaning asosiy tamoyili bankning maqsadli falsafasi, mafkurasi va strategiyasining jamiyat manfaatlari ustuvorligiga yo‘naltirilganligidir.