Bugungi kunda gepatit viruslari, xususan, gepatit B va C turlari dunyo bo‘yicha keng tarqalgan bo‘lib, homilador ayollar salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi chunki hozirgi kunda gepatit homilador ayollar orasida uchraydigan xavfli infeksiyalardan biri hisoblanadi. Gepatit virusining homiladorlik davrida faol kechishi homilada intrauterin infeksiya, erta tug‘ruq, past tana vaznli tug‘ilish va hatto homila nobud bo‘lishi kabi asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli, gepatitni erta aniqlash, to‘g‘ri boshqarish va ona-homila juftligini xavfsiz saqlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.