Rangli qotishmalar hozirgi kunda sanoatning turli sohalarida keng qo‘llaniladi. Jumladan, mashinasozlik, aviasozlik, qishloq xo‘jaligi va hokazo. Rangli qotishmalarga bo‘lgan talabning ortishi ularning xossalarini yana ham oshirishga qaratilgan tajriba va tadqiqotlarning ortishiga sabab bo‘ldi. Rangli qotishmalar tarkibiga turli elementlarni kiritib ularning tarkibini o‘zgartirish ham qotishmalarni xossalarini yaxshilanishiga olib keladi.