Ushbu maqolada quymalarni bosim ostida quyib olish, bosim ostida quyishning usullari va kamchiliklari o‘rganilgan. Quymalarni bosim ostida quyib olish usuli quymalarni metall qoliplarda olish usulining bir turi bo‘lib, bunda metall qolipga bosim ostida kiritiladi. Suyuq metallning bosim ostida qolipga kiritilishi tufayli tezroq va to‘laroq to‘lib, quymada g‘ovakliklar deyarli bo‘lmaydi. Mayda donali puxta quymalar olish bilan birga shakli va o‘lchamlari aniq, yuzalari tekis bo‘ladi. Bu usuldan yirik korxonalarda aluminiy (AL2, AL3, AL9 markalaridan), magniy, mis qotishmalari, latun va boshqa qotishmalardan bir necha grammdan bir necha kilogrammgacha bo‘lgan murakkab shaklli, yupqa devorli (6 mm gacha) quymalar olishda keng foydalaniladi.