Gaz oʻtkazuvchanlik qobiliyati sinov tahlillari. Qolip aralashmasida mavjud havo, quyish paytida hosil boʻladigan gazlar qolipga suyuq metallni quyish davrida osonlik bilan chiqib ketishi kerak. Aks holda ular quyib olinayotgan quyma mahsulotning mexanik xossalarini pasaytiradi. Shu bilan birga, quymakorlik xossalarini ham, ya’ni suyuq metallning oquvchanligini ham pasayishiga olib keladi.