Zanglamas poʻlat — atmosfera sharoitida va baʼzi zararli muhitlarda zanglashga (korroziyaga) qarshi turgʻun poʻlat; legirlangan poʻlat turi. Poʻlatning zanglashga qarshilik xossasini yaxshilovchi asosiy legirlovchi element xrom (12–20%) hisoblanadi. Poʻlat sirtida himoya pardasi hosil qiladigan elementlar –alyuminiy, kremniy, nikel va boshqalar bo`lishi poʻlatning zanglashga turgʻunligini oshiradi. Bulardan tashqari, yuzaning holatiga mos keluvchi metallning bir jinsliligi, kristallitlararo korroziya, oʻta yuqori (metall va payvand birikmalarda darzlar hosil qiluvchi) kuchlanishlar taʼsirida еmirilishga moyil boʻlmaslik xossalari muhim ahamiyatga ega. Xromli, xromnikelli va xromnikelmarganetsli xillari bor.