Qоlipda quymaning kоnturiga mоs tushadigan boʻshliqni hоsil qilish uchun zarur boʻlgan texnоlоgik jihoz model deyiladi. Modellar yaxlit yoki bir necha qismdan iborat boʻlgan yigʻiladigan turlarga boʻlinib, asosan yogʻoch, metall va yonuvchi materiallar sanalgan polistrollardan tayyorlanadi. Agar quyma mahsulot donalab ishlab chiqarilsa bunda yogʻoch modellardan agar keng nomenklaturada
ishlab chiqariladigan boʻlsa, choʻyan yoki aluminiydan tayyorlangan metall modellardan foydalaniladi.