Prokatlash stanining ishchi kleti (1-rasm) plitaga tayanadigan staninadan tashkil topadi. Ishchi jo‘valar texnologik uskuna bo‘lib hisoblanadi, kletlar ulardan tashqari quyidagi qurilmalar bilan jihozlanadi: jo‘valarning qoplashini o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan
qisuvchi qurilma; o‘q bo‘yicha o‘rnatish va valoklarni qotirish qurilmasi; jo‘valarni muvozanatlash qurilmasi; ishchi kletga kirishda va undan chiqishda polosani yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan chiziqli stollar; statik ortiqcha yuklamalardan saqlagich qurilmalari.