Oliy ta’lim muassasalarining xalqaro ilmiy nufuzini oshirish, mamlakatning ta’lim tizimini rivojlantirish va global miqyosda raqobatbardoshligini ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Darhaqiqat, oliy ta’lim muassasalarining (universitetlarning) xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan ilmiy va amaliy adabiyotlar, tadqiqotlar turli yo‘nalishlarni qamrab oladi. Bular asosan global reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallash, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorliklar va talabalarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishni o‘z ichiga oladi.