XX asrning so‘ngi yillarida buyuk kashfiyotlardan biri bo‘lgan sun’iy intellekt (sun’iy tafakkur, sun’iy ong) algoritmlarining kashf etilishi insoniyatning fan-texnika, iqtisodiy taraqqiyotini misli ko‘rilmagan yangi bosqichga olib chiqdi. Hozirgi kunda taraqqiy etgan va taraqqiyot sari intilayotgan mamlakatlarda biron-bir intellektial, iqtisodiy soha yo‘qki sun’iy tafakkur algoritmlaridan samarali foydalanmayotgan bo‘lsa. Ta’lim, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, harbiy soha, davlat boshqaruvidagi raqamlashtirish kabi yo‘nalishlar sun’iy ong yordamida o‘z samaradorligini oshirib bormoqda.