Hozirgi kunda energiya tejash va samaradorlikni oshirish global miqyosda muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish sohalarida, xususan, quymakorlik va metallarga ishlov berish jarayonlarida energiya tejovchi texnologiyalardan foydalanish nafaqat iqtisodiy samaradorlikni oshiradi, balki ekologik ta’sirni ham kamaytiradi. Ushbu maqolada energiya tejovchi texnologiyalarning mazmuni, afzalliklari va ularni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etish usullari haqida ma’lumotlar yoritilgan.