Bugungi kunda metabolizm zamonaviy fundamental va klinik tibbiyotning dolzarb muammolaridan bo‘lib kelmoqda. Metabolik sindromda uglevod va lipidlar almashinuvining buzilishi, insulinga rezistentlik va qon tomirlar devorida endoteliyning disfunksiyasi organizmdagi a’zo va tizimlar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. So‘nggi yillarda reproduktiv kasalliklarning eng keng tarqalgan sabablaridan biri bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollarda metabolik sindrom uchrashi ortib bormoqda, shu sababli biz tajribaviy metabolik sinrdomda bachadonning patomorfologiyasini o‘rgandik.