Ushbu maqolada patofiziologiya va fiziologiya fanlarining zamonaviy tibbiyotdagi innovatsion yondashuvlar rivojiga ko‘rsatgan ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, immunoterapiya, tibbiy robotexnika, magnit-rezonans tomografiyasi (MRT), multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT) kabi ilg‘or texnologiyalarni klinik amaliyotga joriy etishda fiziologik va patofiziologik bilimlarning tutgan o‘rni ochib beriladi. Maqolada diagnostika va davolash jarayonlarining samaradorligini oshirishda molekulyar biologiya, sun’iy intellekt, individual yondashuv asosida tibbiy qarorlar qabul qilish kabi yo‘nalishlar tibbiy fanlar bilan uyg‘unlikda tahlil etiladi.
You may also start an advanced similarity search for this article.