Son suyagi boshchasining aseptik nekrozi mushak-skelet tizimining barcha kasalliklarini 4.8 % tashkil qiladi. Bu kasallik asosan 35 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan erkaklarda ko’p uchraydi. Son suyagi boshchasining aseptik nekrozining asosiy xususiyati uning yosh, ishga yaroqli aholi qatlamini zararlashidir. Son suyagi boshchasining aseptik nekrozi kasalligi erta yoshda son – chanoq bo’g’imini endoprotezlashga sabab bo’ladi. Кasallikning dastlabki bosqichlarida aniqlashning diagnostik algoritmi MRT va KTga asoslangan. Kasallik eng mehnatga layoqatli odamlarga ta’sir qiladi. Bu esa nogironlikning kelib chiqishi va bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada pasaytirganligi sababli bu jiddiy muammoga aylanmoqda. Covid-19 infeksiyasi boshlangandan keyin 4 oydan 1 yilgacha bo’lgan davrda son suyagi boshchasining aseptik nekroz rivojlanib ko’payib ketmoqda. Bu holat kasallikning gormonal davolanishi va kasalikning o’zi xos kechishi bilan bog’liqdir.