Mikrobiologiya fanining asosiy yoʻnalishlaridan biri — inson organizmiga ta'sir qiluvchi patogen mikroorganizmlarni oʻrganishdir. Havo-tomchi yoʻli orqali tarqaladigan mikroblar infeksiya kasalliklarining keng tarqalishida muhim rol oʻynaydi. Bu mikroorganizmlar nafas olish orqali inson organizmiga kirib, turli xastaliklarni keltirib chiqaradi.