Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simliklar xastaliklarni samarali davolashda inson organizmi uchun foydali. Zamonaviy tabobatda ham bu qizilmiya o‘simlikning o‘rni beqiyos bo‘lib, farmasevtika sanoati korxonalarida qayta ishlanib turli xil dori vositalari ishlab chiqarilmoqda. Shu bilan birga ko‘pgina dorivor yig‘malarning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Qizilmiya va boshqa dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishni ta’minlash, sohaning tadbirkorlik sub’ektlari uchun jozibadorligini oshirish, shuningdek, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega bo‘lgan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 15.02.2019 yildagi 138-son qarori qabul qilingan.