Zanglamas po‘ltlarni suyuqlantirishda bo‘ladigan reaksiyalarga kimyoviy elementlarning ta‘sirini aniqlash uchun Toshkent davlat texnika universitetining Metallar texnologiyalari kafedrasining ilmiy laboratoriyasida tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Tadqiqot davrida
suyuqlangan metall ustida uchqunlar intensiv va beqaror ravishda ko‘tarilishi kuzatildi. Tahlillarga ko‘ra bu holat — gazlarning keskin ajralishi va issiqlik energiyasining ortiqcha to‘planganidan darak beradi [1].