Bosim ostida qayta ishlangan metallar plastiklikka ega bo‘lishi kerak, bu mexanik xususiyatlar bilan belgilanadi: nisbiy cho‘zilish, ko‘ndalang qisqarish, o‘ziga xos zarba kuchi va boshqalar shular jumlasidandir. Metallning plastikligi haqida taxminiy ma’lumotlarni
mexanik sinovlar orqali olish mumkin. Harorat ortishi bilan materialning mustahkamlik chegarasi kamayib, nisbiy cho‘zilish va ko‘ndalang siqilish ortsa, u holda deformatsiyaga qarshilik pasayadi.