Tog‘-kon sanoatida ekspluatatsiya sharoitlari og‘ir bo‘lgan kesuvchi va maydalovchi elementlar – xususan, sharoshka detallari – intensiv mexanik yuklama, zarba va yuqori haroratli ish rejimlarida ishlaydi. Ushbu detallarni ishlab chiqarishda hajmiy issiqshtamplash texnologiyasi qo‘llaniladi. Jarayonning samaradorligini oshirish, materialda nuqsonlar yuzaga kelishining oldini olish, deformatsiya rejimlarini optimallashtirish maqsadida kompyuterda modellashtirish texnologiyasi keng qo‘llanilmoqda