Sud-tibbiy amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, uglerod oksidi bilan zaharlanish intoksikatsiyalar tarkibida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi va bir qator hollarda alkogol intoksikatsiyasi fonida kechadi.
Tadqiqot maqsadi. Uglerod oksidi bilan zaharlanish va alkogol intoksikatsiyasi birga kelishi morfologiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash.
Materiallar va usullar. Sud-gistologik va sud-kimyoviy tadqiqotlar natijalarini tahlil qilgan holda, uglerod oksidi bilan zaharlanishdan vafot etgan 49 ta holatning sud-tibbiy xulosalari o‘rganildi.