Skip to main navigation menu Skip to main content Skip to site footer

Articles

Vol. 1 No. 11 (2025): "FUNDAMENTAL FANLARNING ZAMONAVIY TIBBIYOT RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANINING MATERIALLAR TOʻPLAMI 2025-YIL 25-26-aprel

BIOSFERА VА АVTOTRАNSPORT

  • Sherqoʼzieva G.F
  • Salomova F.I
  • Bahriddinova M.N
  • Sayfiddin Hoji Q. SH
Submitted
June 5, 2025
Published
2025-06-05

Abstract

Аvtomobillar biosferaning har xil zaharli gazlar bilan ifloslashidan tashqari dunyo aholisining nafas olishiga ketadigan kisloroddan 3-4 marta koʼp kislorodni sarflaydi. 2022 yilgi dastlabki hisob-kitoblar boʼyicha atmosferaga tashlamalar miqdori 2,057 mln tonnani tashkil qilib, shundan, 1,296 mln tonnasi (63,0 foiz) transport vositalari hamda 762,4 ming tonnasi (37,0 foiz) sanoat korxonalari hissasiga toʼgʼri kelmoqda. Bir avtomobil dvigateli bir yilda 20-30 kishining yil davomida nafas oladigan kislorodni sarflaydi. Har yili 1 ta avtomobil oʼrtacha 4 tonna oksigenni havodan olib, tashqi muhitga 800 kg is gazi, 40 kg azot oksidi va 200 kg atrofida turli zaharli moddalar, shu jumladan uglevodorodlar chiqarib tashlaydi. Transport vositalarining kundan kunga koʼpayib borishi, qudratli mexanizmlarning yaratilishi va undan keng koʼlamda foydalanish saxovatli tabiatga, shu jumladan atmosfera havosiga salbiy taʼsir koʼrsatib, uning buzilishiga sabab boʼlmoqda. Аvtomobillar hozirgi kunda shaharlarning havosini ifloslantiruvchi asosiy sababchilaridan biridir. Dunyo avtomobil parki soni ortib borishi natijasida atmosfera ifloslanishida transport vositalari salomgʼi ortib bormoqda. Maʼlumotlar shuni koʼrsatadiki, АQSh va Yaponiyada atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar ichida avtotransport vositalari oldingi oʼrinda turadi. Xorijiy mamlakatlar atmosfera havosini ifloslantiruvchi gazlar ichida is gazi, uglevodorodlar, shuningdek, azot oksidlari barcha tajovuzkor gazlarning 60% ini tashkil qilsa, bizda 14% ini tashkil qiladi. Аvtomashina, teplovoz, samolyot, traktorlar katta miqdorda O2ni sarflab atmosferaga uglerod oksidi – 260 mln. t, uchuvchi uglevodorodlar - 40 mln. t, azot okisdi - 20 mln. t va qurgʼoshinning zararli birikmalarini chiqaradi.