Qurilish materiallari – bu binolar(inshootlar) qurish va ta’mirlashda ishlatiladigan tabiiy va sun’iy buyumlar. Umumiy ishga mo‘ljallangan (masalan, sement, beton, yog‘och materiallar) va maxsus (masalan, akustika materiallari, issiqlik izolyatsiya materiallari, o‘tga chidamli materiallar) xillari bor.[1]