Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda detallarni kesib ishlov berish bilan ishlab chiqarish asosiy xarajatlarning katta qismini tashkil etmoqda. Bu borada, kesuvchi asboblarni turg‘unligini oshirish uchun ishlov berilishlarning bir nechasini ketma-ket qo‘llab, kompleks
ishlov berishning maqbul texnologiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada dunyoning bir qator rivojlangan davlatlari, jumladan, AQSH, Germaniya, Fransiya, Yaponiya, Rossiya, Xitoy kabi davlatlardagi ilmiy-tadqiqot laboratoriya markazlari hamda ishlab chiqarish amaliyotiga alohida e’tibor qaratilmoqda. raqobatbardosh uskunalar va texnologiyalarni yaratishda resurslarni tejash.