Yara regeneratsiyasi organizmning fiziologik tiklanish jarayoni bo‘lib, uning tezligi va samaradorligi ko‘plab omillarga, jumladan, hujayra proliferatsiya va differensiasiya darajasi, immun javobning faolligi hamda terapevtik aralashuvlarning turiga bog‘liq. An’anaviy bog‘lamlar va antiseptik vositalar infeksiya xavfini kamaytirsa-da, hujayralarning tez yangilanishini ta’minlay olmaydi. VitaVolt innovatsion plastiri elektrokimyoviy texnologiyalarga asoslangan bo‘lib, regeneratsiya jarayonini tezlashtirish va hujayra proliferatsiyasini rag‘batlantirishga mo‘ljallangan. Ushbu tadqiqot VitaVolt plastirining samaradorligini baholashga qaratilgan.