300Х28Н2Л markali cho‘yanni induksion pechda suyuqlantirish texnologiyasi, jarayonning fizik-mexanik va kimyoviy xususiyatlari, eritish sharoitlariga bo‘lgan ta’siri, shuningdek, metallning sifatiga ta’sir qiluvchi omillar o‘rganilgan. Bugungi sanoat rivojlanishida yuqori sifatli, issiqlikka chidamli va kimyoviy faol muhitlarga chidamli bo‘lgan po‘latlar va cho‘yaNlar katta ahamiyat kasb etmoqda.
300Х28Н2Л markali cho‘yan – yuqori darajadagi korroziyaga chidamli, xrom va nikelga boy, maxsus maqsadlar uchun ishlab chiqariladigan quyma materiallardan biri hisoblanadi. Ushbu markadagi cho‘yanni induksion pechda eritish zamonaviy texnologik usullar sirasiga kirib, jarayonni nazorat qilish imkonini beradi va metall sifatini oshirishga xizmat qiladi.