Qotishma qolipda soviganida uning hajmining juda tez kirishib qolip hajmiga nisbatan kichiklashishi sodir bo‘ladi. Dastlabki soniyalar davomida uning yuzasida qalinligi asta-sekin kattalashadigan mayda zarrali po‘st hosil bo‘ladi. Buning natijasida qotishmaning keyingi sovishi, shuningdek uning qotishi ustki qatlamning ichida tashqi atmosfera bilan hech qanday kontaktsiz sodir bo‘ladi. Sovish jarayonida kirishuvchanlik talab qilingan aniqlikka ega quyma mahsulotlarni olishda muhim rol o‘ynaydi.