Ibn Xaldun (1332–1406) musulmon dunyosining eng buyuk tarixchilaridan biri bo‘lib, uning “Muqaddima” asari ijtimoiy falsafa, iqtisod, tarix va davlat boshqaruvi bo‘yicha fundamental qarashlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tezis Ibn Xaldunning ijtimoiy-falsafiy qarashlarini tahlil qiladi hamda ularning zamonaviy jamiyat, xususan, O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasiga ta’sirini o‘rganadi. Ibn Xaldunning asabiyya nazariyasi, iqtisodiy sikllar va boshqaruv samaradorligi haqidagi qarashlari zamonaviy jamiyatning barqaror rivojlanishida muhim o‘rin tutishi ta’kidlanadi. O‘zbekistonning ijtimoiy birlik, iqtisodiy barqarorlik va milliy qadriyatlarni tiklash strategiyalari bilan Ibn Xaldun ta’limotining bog‘liqligi yoritib beriladi
You may also start an advanced similarity search for this article.