Binomiallar yoki o'zgarmas so'z juftliklari ko'plab tillarda uchraydigan qiziqarli lingvistik hodisadir. Ular odatda bog'lovchi bilan bog'langan ikkita so'zdan (Ingliz tilida asosan "and") iborat bo'lib, qat'iy tartibga ega va ko'pincha idiomatik ma'no kasb etadi. Ushbu maqolada, har xil til oilalariga mansub bo'lgan ingliz va o'zbek tillaridagi binomiallarning tuzilishi, semantikasi va madaniy jihatlari o'rganiladi. Ushbu tillarda binomiallarning shakllanishi, ishlatilishi va chastotasi taqqoslanib, lingvistik va madaniy chegaralar bo'ylab binomial ifodalarning universalligi va o'ziga xosligi yoritiladi.
You may also start an advanced similarity search for this article.