Ushbu maqola O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining boshqaruviga oid zamonaviy muammolarni aniqlash va ularning yechimlariga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida moliyaviy resurslarning yetishmasligi, ta’lim sifatining pastligi, raqamli infratuzilmaning rivojlanmaganligi kabi muammolar ko‘rib chiqildi. Xorijiy tajribalarni tahlil qilish asosida muammolarni bartaraf etish uchun innovatsion boshqaruv yondashuvlari va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
You may also start an advanced similarity search for this article.