TUPROQQA ISHLOV BERUCHI KOMBINATSIYALASHGAN MASHINA G‘ALTAKMOLASINING PARAMETRLARINING MAQBUL QIYMATLARINI ANIQLASH

Authors

  • Karimjonov Baxromjon Raximjon o‘g‘li Author
  • Xoshimov Xabibullo Xakimjon o‘g‘li Author
  • Olimov Odilbek Murodbek o‘g‘li Author

Abstract

Mamlakatimizda takroriy ekinlardan bo‘shagan maydonlarga ekiladigan kuzgi bug‘doy hamda undan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekin sifatida ekiladigan sabzavot va kartoshka kabi ekinlar yangi, ya’ni bevosita ekishdan oldin shudgorlangan maydonlarga ekiladi. Bunda shudgorlangan yerlar izma-iz ekishga tayyorlanadi va keyin ekish tadbirlari o‘tkaziladi.

Respublikamizda shudgorlangan yerlarni ekishga tayyorlash ishlari tishli va diskli tirmalar hamda turli mola-tekislagichlar bilan alohida-alohida ko‘p martalab o‘tib amalga oshirib kelinmoqda. Bu tuproqning fizik-mexanik xossalarini yomonlashuvi, tuproqdan ko‘plab nam yo‘qolishi hamda yonilg‘i sarfi va boshqa xarajatlarni ortib ketishiga olib kelyapti. Jahon miqyosida erishilgan ilmiy yutuqlar hamda Respublikamizda ilgari bajarilgan tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, yangi shudgorlangan yerlarni ekishga tayyorlashda mavjud bo‘lgan bu kamchiliklar daladan bir o‘tishda tuproqni ekishga tayyorlash bo‘yicha barcha texnologik jarayonlar(haydov qatlamini to‘liq zichlash, dalaning yuza qismini tekislash va maydalash)ni qo‘shib bajaradigan, ya’ni ekish oldidan unga bir o‘tishda har tomonlama to‘liq ishlov berilishini ta’minlovchi mashina ishlab chiqish yo‘li bilan bartaraf etilishi mumkin. Yangi shudgorlangan yerlarga ekish oldidan izma-iz ishlov berishda bunday mashinani qo‘llash texnologik jarayonlarni qo‘shib olib borish va agregatlarni daladan o‘tishlar sonini kamaytirish hisobiga yonilg‘i sarfi va boshqa xarajatlarni keskin kamaytirish bilan birga ish unumini oshirish, tuproqqa ishlov berish sifatini yaxshilash hamda undagi nam yo‘qotilishini oldini olish, ekinlarni o‘z vaqtida ekib, qiyg‘os undirib olish imkonini beradi.

References

1. Imomqulov Q.B. Yangi shudgorlangan yerlarni ekishga tayyorlashda qo‘llaniladigan mashina // Suv va resurslardan oqilona foydalanishning ekalogik jihatlari mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami.-Buxaro, 2015.-B189-190.

2. Augambaev M., Ivanov A.Z., Terexov Yu.I. Osnovы planirovaniya nauchno-issledovatelskogo eksperimenta. –Tashkent: O‘qituvchi, 1993. – 336 s.

3. Dospexov B.A. Metodika polevogo opыta. – Moskva: Kolos, 1978. – 335 s.

4. Mamarasulova M.T. Plankalarni g‘altakmolaning aylanish o‘qiga nisbatan o‘rnatilish burchagini uning ish ko‘rsatkichlariga ta’siri // Ilm-fan va ta’limning rivojlanish istiqbollari mavzusidagi ilmiy konfrensiya. – Onlayn, 2020. – B. 25-29.

5. Mamarasulova M.T. Tishli plankali g‘altakmolaga o‘rnatiladigan plankalar sonini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan eksperemental tadqiqotlarning natijalri // Science and education. Issn 2181-0842. Volume 1. Issue 6/ september, 2020. – B. 106-111.

6. Mamarasulova M.T. Determination of the optimal values of the parametrs of the roller funnel of the machine for continuous monitoring of arable land // NamMTI ilmiy-texnika jurnali. – Namangan, 2020. –№3. – B. 129-134.

7. Imomqulov Q.B., Mamarasulova M.T. Shudgorlangan yerlarga izma-iz ishlov beradigan mashina g‘altakmolasining parametrlarini asoslash // FarPI ilmiy-texnika jurnali. – Farg‘ona, 2021. – №2. – B. 159-162.

8. Imomqulov Q.B., Mamarasulova M.T. Tishli-plankali g‘altakmola diametrini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari // NamMTI ilmiy-texnika jurnali. – Namangan, 2020. – №1 (Mahsus son).– B. 256-260.

Downloads

Published

2025-05-19

How to Cite

Karimjonov Baxromjon Raximjon o‘g‘li, Xoshimov Xabibullo Xakimjon o‘g‘li, & Olimov Odilbek Murodbek o‘g‘li. (2025). TUPROQQA ISHLOV BERUCHI KOMBINATSIYALASHGAN MASHINA G‘ALTAKMOLASINING PARAMETRLARINING MAQBUL QIYMATLARINI ANIQLASH. Fan, Jamiyat Va Innovatsiyalar, 3(22), 49-51. https://uzresearch1.uz/index.php/FJI/article/view/584