TIJORAT BANKLARIDA ISLOM MOLIYASINING MOHIYATI VA ASOSIY TAMOYILLARI
Keywords:
Islom moliyasi, tijorat banklari, shariat tamoyillari, riba, g‘arar, maysir, foyda va zarar taqsimoti, mudoraba, mushoraka, murabaha, ijara, aktivga asoslangan moliyalashtirishAbstract
Ushbu tezisda tijorat banklarida islom moliyasining mohiyati, tamoyillari va amaliy qo‘llanish mexanizmlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Islom iqtisodiyoti normalariga asoslangan moliyaviy xizmatlarning an’anaviy bank tizimidan farqli jihatlari, shuningdek, tijorat banklarida moliyaviy vositachilikning shariatga muvofiq modellari yoritiladi. Shuningdek, islom moliyasining tijorat banklari barqarorligiga ta’siri, mijozlar uchun afzalliklari va O‘zbekiston sharoitida islom bank xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etishning institutsional jihatlari ko‘rib chiqiladi. Ilmiy tahlillar asosida islomiy moliya mexanizmlarini modernizatsiya qilish va tijorat banklari uchun raqobatbardosh muqobil moliyaviy vositalar yaratish bo‘yicha xulosalar shakllantiriladi