MALAYZIYANING QIYMATGA ASOSLANGAN VOSITACHILIK KONSEPSIYASI
Keywords:
islomiy moliya, barqaror rivojlanish, inkluziv moliya, risklarni boshqarish, shariatga muvofiq moliyalashtirish, iqtisodiy barqarorlik, ijtimoiy ta’sirAbstract
Ushbu tezisda Malayziyaning qiymatga asoslangan vositachilik (Value-Based Intermediation – VBI) konsepsiyasining mohiyati, uni joriy etish mexanizmlari hamda bank sektoridagi amaliy natijalari ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida VBI tamoyillarining islomiy moliya rivojidagi o‘rni, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi funksional ahamiyati o‘rganilgan. Xususan, Malayziyada 2017-yildan buyon amal qilayotgan VBI tashabbuslari banklar faoliyatida ijobiy transformatsiyani keltirib chiqargani, moliyalashtirishning maqsadli yo‘naltirilishi, risklarni boshqarishning takomillashishi hamda aholining moliyaviy inklyuziyasi ortgani ilmiy asosda yoritiladi
Published
2025-11-28